Murojaatlarni ko'rib chiqish qoidalari
Ushbu qoidalar —ga yuborilgan murojaatlarni (ariza, taklif va shikoyatlarni) qabul qilish va ko'rib chiqish tartibini belgilaydi. Qoidalar O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi qonuniga asoslanadi.
1. Murojaat yuborish usullari
- Telefon: —
- Telegram: —
- Elektron pochta: —
- Nasio tizimidagi "Qo'llab-quvvatlash" bo'limi (ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun)
- Yozma ravishda: —
2. Murojaatda ko'rsatiladigan ma'lumotlar
- Murojaatchining ismi (yuridik shaxs uchun — tashkilot nomi);
- Bog'lanish uchun telefon raqami yoki elektron pochta;
- Murojaat mazmuni; zarur bo'lsa — skrinshot yoki hujjatlar.
Anonim murojaatlar ko'rib chiqilmasligi mumkin.
3. Ko'rib chiqish muddatlari
- Texnik nosozlik (tizim ishlamayapti) — imkon qadar tezroq, ish vaqtida 4 soat ichida javob beriladi;
- Xizmatdan foydalanish bo'yicha savollar — 1 ish kuni ichida;
- Taklif va shikoyatlar — 15 kun ichida, qo'shimcha o'rganish talab etilsa — 1 oygacha.
4. Javob berish
Javob murojaat qaysi usulda kelgan bo'lsa, odatda shu usulda beriladi. Murojaatni ko'rib chiqish natijasidan norozi bo'lsangiz, takroriy murojaat yuborishingiz mumkin.
5. Ish vaqti
Murojaatlar ish kunlari qabul qilinadi va ko'rib chiqiladi. Dam olish va bayram kunlari kelgan murojaatlar keyingi ish kunida ko'rib chiqiladi.