Sahifa yuklanmoqda…

Internet sekin ko'rinadi. Sahifa baribir ochiladi — biroz kuting.

nasio

Foydalanish shartlari

Ushbu shartlar Nasio xizmatidan (keyingi o'rinlarda — "Xizmat") foydalanish tartibini belgilaydi. Xizmatdan foydalanishni boshlash orqali siz ushbu shartlarga roziligingizni bildirasiz.

1. Atamalar

  • Xizmat — — tomonidan taqdim etiladigan Nasio CRM dasturi va unga tegishli veb-sahifalar.
  • Foydalanuvchi — Xizmatda ro'yxatdan o'tgan yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki ularning xodimi.
  • Hisob — Foydalanuvchining Xizmatga kirish uchun login va paroli.

2. Ro'yxatdan o'tish va hisob

  1. Hisob Foydalanuvchi arizasi asosida ochiladi.
  2. Foydalanuvchi login va parolni uchinchi shaxslarga bermaslik va ularning xavfsizligi uchun javob beradi.
  3. Hisob orqali bajarilgan barcha amallar Foydalanuvchi tomonidan bajarilgan hisoblanadi.

3. Foydalanuvchi majburiyatlari

  • Xizmatga faqat qonuniy faoliyat uchun foydalanish;
  • Xizmatga kiritilgan ma'lumotlarning to'g'riligi uchun javob berish;
  • Mijozlarining shaxsiy ma'lumotlarini qonunchilik talablariga muvofiq qayta ishlash;
  • Xizmat ishlashiga to'sqinlik qiladigan harakatlar qilmaslik.

4. Xizmat ko'rsatuvchining majburiyatlari

  • Xizmatning uzluksiz ishlashini ta'minlashga harakat qilish;
  • Rejalashtirilgan texnik ishlar haqida oldindan xabar berish;
  • Foydalanuvchi ma'lumotlarini Maxfiylik siyosatiga muvofiq himoya qilish.

5. To'lov

Xizmatdan foydalanish tanlangan tarif bo'yicha pullik. To'lov tartibi va shartlari Ommaviy ofertada belgilangan.

6. Javobgarlikni cheklash

Xizmat ko'rsatuvchi Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma'lumotlar mazmuni, internet aloqasidagi uzilishlar va Foydalanuvchiga bog'liq bo'lmagan holatlar uchun javobgar emas.

7. Shartlarning o'zgarishi

Xizmat ko'rsatuvchi ushbu shartlarni o'zgartirish huquqiga ega. Yangi tahrir saytda e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

8. Aloqa

Savollar bo'yicha: —, —.

Demo so'rash

Menejerimiz siz bilan bog'lanib, tizimni ko'rsatadi va biznesingizni ulaydi. 14 kun bepul.

Raqamingiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.